Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Yosh olimlarning ilmiy stajirovkalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yosh olimlarning ilmiy stajirovkalarini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi. 

Seminarda Innovatsion rivojlanish vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar) ilmiy laboratoriyalarni ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlarning hujjatlarini talab darajasida rasmiylashtirishga oid tavsiya va ko‘rsatmalar beriladi.

Seminar 2019-yilning 26-fevral kuni soat 15.00da Fanlar akademiyasi Boshqaruv apparati binosining Majlislar zali (2-qavat)da o‘tkaziladi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!