Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623
Sayt test rejimida ishlamoqda

Stipendiyalar tanloviga hujjatlar qabuli uzaytirildi


“El-yurt umidi” jamg‘armasining xatiga muvofiq onlayn hujjat topshirish tizimiga kirib, registratsiyadan o‘tgan, ammo turli sabablar bilan barcha hujjatlarini yuklay olmagan nomzodlar joriy yilning 27-mart kuni oxiriga qadar hujjatlarining elektron shakllarini tizimga yuklashlariga ruxsat berilganini ma’lum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, “El-yurt umidi” jamg‘armasi amaldagi stipendiyalari tanlovida kirish imtihonlari dasturlari, imtihon (suhbat, test va yozma ish) o‘tkazish tartib-qoidalari jamg‘arma saytining Qo‘llanmalar ruknida e’lon qilinib kelinmoqda.

 

BARChANGIZGA OMAD TILAYMIZ!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!