O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tomonidan mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan va yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega “Xotira” soya navi yaratildi, muvaffaqiyatli patentlandi va amaliyotga joriy etildi.
Hozirda
“Аmir, Vali, Fayz” urug‘chilik MChJ (Yangiyo‘l tumani)
“Yangihayot, Sharqiyabonu, Fayz” fermer xo‘jaliklari
Jizzax viloyati va boshqa hududlarda agrotexnik tavsiyalarga muvofiq tatbiq etilmoqda.
Аsosiy agrobiologik koʼrsatkichlari:
Oʼsuv davri: 115–120 kun
Oʼsimlik boʼyi: 120–130 sm
Boʼgʼinlar soni: 26–27 dona
Dukkaklar soni (oʼsimlikda): 90–95 ta
Dukkakdagi don soni: 2–3 dona
1000 dona ogʼirligi: 171–176 g
Oqsil miqdori: 42–44 %
Moydorlik: 24–25 %
Hosildorlik: 30–35 s/ga
Navning afzalliklari:
Yarim determinant bo'yli — asosiy ekin sifatida ekishga mos;
Oqsil va moy miqdori yuqori;
Vegetatsiya oxiridagi belgilar hosilning toʼliq pishganligini aniqlashda yordam beradi;
2021-yildan Qishloq xoʼjalik ekinlarini sinash markazida sinovdan oʼtmoqda.