“O‘zbekiston kimyo” jurnali

“O‘zbekiston kimyo jurnali” ning ta’sis etuvchisi O‘zR Fanlar Akademiyasi. Jurnal 1957-yildan buyon nashr etiladi. Jurnal O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida 2006-yil qayta ro‘xatga olingan qayd raqami № 0047.

Nashr tili: rus, ingliz va o‘zbek tillarida.

Jurnalning maqsad va vazifalari. Tabiiy fanlar sohasidagi olimlar, mutaxassislar, magistrlar, talabalardan iborat keng ommani kimyo va kimyo texnologiyasi sohasidagi yutuqlar va so‘nggi ishlanmalar bilan tanishtirish.

Ixtisosligi:  "O‘zbekiston kimyo jurnali"da quyidagi ilmiy sohalar bo‘yicha ilmiy yangilikka ega eksperimental tadqiqot natijalari nashr etiladi: fizik, noorganik, organik, analitik, kolloid va membrana kimyosi, nanokimyo, yuqorimolekulyar birikmalar kimyosi, silikatlar kimyosi, metallurgiya, kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparaturasi, neft va gaz kimyosi, noorganik moddalar texnologiyasi, organik moddalar texnologiyasi, ekologiya va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish.

Jurnalning noyob xususiyatlari. Jurnal kimyo va kimyoviy texnologiya sohasidagi tadqiqodlar va ishlanmalarning barcha asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi. Jurnalning yo‘nalishiga mos alohida ilmiy-texnikaviy muammolarga bag‘ishlangan maxsus sonlarni nashr etish amaliyoti mavjud. Jurnal o‘zining saytiga ega, va unda ilmiy maqolalarning referatlari, 1800-2000 simvoldan iborat hajmda muntazam nashr etilib boradi, quyidagi tuzilishda

Abstract

Background (muammoning kelib chiqishi)

Purpose (maqsadi)

Methodology (metodologiyasi)

Originality (ilmiy yangiligi)

Findings (olingan natijalar)

Keywords (kalit so‘zlar)

Highlights (xususiyatlar) – bir nechta oddiy gapdan iborat, bir qatordan oshmagan (84 ta simvoldan), tadqiqot natijalari keltirilgan xulosalar, 2-3 tadan kam bÿlmagan.

References (adabiyotlar ro‘yxati – lotinda)

Tarqatish mintaqasi –rus tilida uch tildagi referat bilan chop etilgan nashr O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida.

Moliyalash manbai –Respublikadagi obuna hisobiga.

Bosh muharrir

Zakirov Baxtiyar Sabirjanovich

Tug‘ilgan yili: 19-fevral 1946 y.

Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati

Yo‘nalishi: Noorganik moddalar texnologiyasi, umumiy va noorganik kimyo

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori. (2012-yildan – hozirgcha)

Texnika fanlari doktori, professor

Toshkent viloyatida 1946-yil 19-fevralda tug‘ilgan.

1970-yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan.

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti aspiranti, katta ilmiy xodimi, direktor muovini lavozimlarida ishlagan. 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, jumladan 5 ixtiro.

5 ta fan doktori va 5 ta fan nomzodlariga rahbarlik qilgan.

2011 y “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Manzil:

100170, O‘zbekiston,Toshkent, M.Ulug'bek ko'chasi, 77а

Telefon:

(+998-71) 262-56-60

Faks:

(+998-71) 262-79-90

E-mail:

info@uzchemj.uz

Sayt:

www.uzchemj.uz