Strategik tadqiqotlar yo‘nalishida yangi hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi

O‘zR FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi metodik markazida P. Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti diplomatik tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Bobrov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

  

Uchrashuv davomida 2024-yilda imzolangan memorandum doirasida Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti hamda Markaz o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdilar.
Shuningdek, uchrashuvda tarix, siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida qo‘shma fanlararo ilmiy loyihalarni tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Rossiya ilmiy muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy izlanishlar va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.