O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genitika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti

Direktor

 

Narimanov Abdujalil Abdusamatovich

Qishloq xo’jalik fanlari doktori
narimanov63@list.ru
(871) 264-22-30
Bog'lanish
Manzil: 111226, Toshkent v., Qibray tumani, Yuqori Yuz
Direktor: Narimanov Abdujalil Abdusamatovich
Telefon: (+998 71) 264-22-30
Faks: (+998 71) 260-23-90
Sayt: www.genetika.uz

Genetika va O’EB instituti 1997 yil 21 iyunda tashkil topgan. Genetika instituti VM ning 1992 yil 21 iyul №337-sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan, O‘zR FA Hay’atining № 4-23-sonli qaroriga muvofiq 1997 yil 13 fevraldan O‘zR FA Genetika instituti va O‘simliklar eksperimental biologiyasi nistitutini birlashtirish yo‘li bilan O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tashkil qilingan. • Қишлоқ хўжалик экинлари дунё kolleksiyasi genofondini xilma-xilliklarni, mahalliy sharoitlariga moslashish jihatlarini o‘rganish, muhitning biotik va abiotik omillariga chidamlilarini ajratish, ekinlar yetishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish. • Asosiy va takroriy ekin sifatida ekish uchun tezpishar, hosildor, mahsulot sifatlari yuqori bo‘lgan yangi genotip, donorlar va boshlang‘ich manbalar yaratish maqsadida duragaylashda irsiylanish, o‘zgaruvchanlik va shakllanish jarayonlarining genetik qonuniyatlarini aniqlash. • Genetik qonuniyatlar va morfobiologik xususiyatlarni o‘rganish asosida g‘o‘za, donli va don-dukkakli ekinlarning genetik bir xil, original, superelita va elita urug‘larini olish hamda urug‘larni ekishga tayyorlash, ekish, yetishtirish, yig‘ish, qayta ishlash, zararsizlantirish va saqlash jarayonlarida hosildorlik va ekish sifatlarini oshirishda yangi samarador usullarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish. • Irsiylanish, o‘zgaruvchanlik va morfobiologik hamda qimmatli-xo‘jalik belgilarining shakllanish jarayonlarini genetik qonuniyatlarini aniqlash asosida tezpishar, hosildor, muhitning biotik va abiotik omillarga chidamli, mahsulot sifati dunyo standartlariga javob beradigan navlarni yaratish. • Biologik aktiv biopolimerlarni sintezlovchi turli mikroorganizmlarni skrining va identifikatsiya qilish; biopolimerlar va ular asosida olingan nanobiokompozitlarning fizik-kimyoviy tavsifini o‘rganish; tuproq unumdorligini oshirishda mikrob biopolimerlar asosida biokolloid-biogellarni yaratish. • O‘simliklar kasalliklarining fitopatologik va molekulyar diagnostikasini olib borish hamda kasalliklardan davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish.