Oʻzbekiston nanofarmakologiyasi uchun yana bir kashfiyot

      Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti Sohalararo texnologiyalar laboratoriyasi olimlari “Uglerod nanostrukturalarini yaratish usuli” ixtirosiga  patent olishdi. Patent 2021-2023-yillarda amalga oshirilayotgan xalqaro о’zbek-hind  “Kichik boʻlmagan hujayrali  oʻpka saratonini davolash uchun uglerod nanonaychalar” loyihasini amalga oshirish doirasida roʻyxatga olingan. Ushbu ixtiroga birinchi navbatda nanofarmakologiya vazifalari uchun maqsadli dori yetkazib berish maqsadi qo’yilgan.