O‘zbekiston Fanlar akademiyasi rahbariyati Qoraqalpog‘istonda

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov hamda vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev Qoraqalpog‘istonga xizmat safari doirasida Nukus shahriga tashrif buyurdi. 
Tashrifdan asosiy maqsad — Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi faoliyati, ilmiy izlanishlar jarayoni va amalga oshirilayotgan dolzarb loyihalar bilan bevosita tanishish bo‘ldi.

Tashrif davomida Akademiya rahbarlari bo‘limning ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalari va yosh olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etdi. Uchrashuvlarda ilmiy salohiyatni oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mintaqaviy ilmiy muammolarni hal etishga doir taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

 

 

Shuningdek, safar davomida Qoraqalpog‘iston bo‘limi olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, ularning natijalari va ularni amaliyotga joriy etish masalalari haqida ma’lumotlar taqdim etildi. 

Mazkur tashrif Fanlar akademiyasi va uning hududiy bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaviy ilmiy salohiyatni rivojlantirish va joylardagi ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Uchrashuvlar yakunida Qoraqalpog‘iston bo‘limining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.