“Neft va gazni qayta ishlash kimyosi” nomli o‘quv qo‘llanma chop etildi

O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti ilmiy xodimlari B.N.Xamidov, T.I.Samukov, S.X.Ganiyeva muallifligida  “Neft va gazni qayta ishlash kimyosi” nomli o‘quv qo‘llanma chop etildi.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada neftning paydo bo‘lish jarayonlari, neft va tabiiy gazlarning tarkibiy kimyoviy xususiyatlari, ularni qayta ishlashda yuz beradigan asosiy kimyoviy reaksiyalar hamda qo‘llaniladigan texnologik jarayonlar sxemalari haqida batafsil ma’lumot berilgan. "Uglevodorodlarning tasnifi" bo‘limi jadvalli ko‘rinishda keltirilgan bo‘lib, unda ularning tarkibi, tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari qisqa izohlangan.

Bu o‘quv qo‘llanma “Neft va gazni qayta ishlash, neftkimyo” mutaxassislarni tayyorlashga, shu bilan birga, neft va gazni qayta ishlash obyektlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish mutaxassisligi talablari uchun ham mo'ljallangan.