Minifutbol musobaqalari o‘tkaziladi

Joriy yil 12-14-dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan O‘zR FA Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan FA ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari o‘rtasida minifutbol musobaqalari o‘tkaziladi. G‘olib va sovrindorlar O‘zR FA Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan moddiy rag‘batlantiriladi.

Ushbu musobaqalarda faol ishtirok eting!