lmiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi!

Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbek-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi o‘rtasida o‘zaro ilmiy hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

  

Ushbu hujjatning asosiy maqsadi — tabiiy fanlar sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish, qo‘shma konferensiya va seminarlarni tashkil etish, texnologik almashinuv, yosh olimlar orasida ilmiy almashuvlar olib borish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirishdir.

Bu hamkorlik Qoraqalpog‘iston ilm-fanining xalqaro miqyosda rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratadi.