O‘zR FA Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan “FITOBIOSOL” biopreparati qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun muhim ozuqa.
Biopreparat:
Hosildorlikni 15–25% ga oshiradi (bu g‘o‘za, bug‘doy, sholi va boshqa ekinlarda 5–8 s/ga qo‘shimcha hosil degani);
Kuzgi va bahorgi bug‘doyda kleykovina miqdorini 2–5% ga ko‘taradi;
Pestitsid va kimyoviy vositalarga ehtiyojni kamaytiradi;
Tuproqni sog‘lomlashtiradi.
“FITOBIOSOL” – ekologik toza, foydali va iqtisodiy jihatdan samarali tanlov!
Zamonaviy qishloq xo‘jaligida barqarorlik va ekologiya muhim o‘ringa ega. “FITOBIOSOL” nafaqat hosildorlikni oshiradi, balki tuproqni sog‘lomlashtirish orqali yillar davomida unumdorlikni saqlab qolishga xizmat qiladi.