Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga (akademiklikka) navbatdagi TANLOV E’LON QILINADI

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

TANLOV E’LON QILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 9 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligiga bagʻishlangan yubiley tadbirlarini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-298-sonli qarorining 4-bandi, 4-xatboshisida belgilangan Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga (akademiklikka) tanlov oʻtkazish topshirigʻi ijrosini ta’minlash maqsadida va Fanlar akademiyasi Ustavining 45- va 49-bandlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga (akademiklikka) quyidagi fan tarmoqlari boʻyicha tanlov e’lon qiladi:

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi uchun fan tarmoqlari boʻyicha ajratilayotgan

KVOTALAR

Fan tarmogʻi

Ajratilayotgan kvota

Jami

Shundan

60 yoshgacha

1

Fizika-matematika fanlari

3

1

2

Kimyo fanlari

3

1

3

Biologiya fanlari

3

1

4

Geologiya-mineralogiya fanlari

3

1

5

Texnika fanlari

3

1

6

Qishloq xoʻjaligi fanlari

3

1

7

Tarix fanlari

3

1

8

Iqtisodiyot fanlari

3

1

9

Falsafa fanlari

3

1

10

Filologiya fanlari

3

1

11

Geografiya fanlari

3

1

12

Huquqshunoslik fanlari

3

1

13

Pedagogika fanlari

3

1

14

Tibbiyot fanlari

3

1

15

Farmatsevtika fanlari

3

1

16

Veterinariya fanlari

3

1

17

San’atshunoslik fanlari

3

1

18

Arxitektura

3

1

19

Psixologiya fanlari

3

1

20

Harbiy fanlar

3

1

21

Sotsiologiya fanlari

3

1

22

Siyosiy fanlar

3

1

Jami:

66

22

 

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi haqida Nizom”ga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga (akademiklikka) nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi va kamida soʻnggi besh yil davomida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy ishlagan boʻlishi;

fan doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoniga ega boʻlishi;

ilm-fanning muayyan sohasida ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olingan, fanni shaxsan oʻzi yoki ilmiy va ilmiy-texnik muammolar boʻyicha jamoa boʻlib ishlashda faol ishtirok etish asosida erishgan shaxsiy yutuqlari hamda salmoqli ilmiy natijalari bilan boyitgan olim boʻlishi;

oʻz yoʻnalishida yangi ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari yoki mavjud ilmiy maktabning rivojida bevosita ishtirok etgan boʻlishi va bu uning fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari hamda kamida ikki fan doktori (tibbiyot fanlari uchun – kamida uch fan doktori) tayyorlashi bilan tasdiqlangan boʻlishi;

joriy etilgan ishlanmalarga egaligi yoki u rahbarlik qilayotgan xodimlar jamoasi erishgan fan yutuqlari ishlab chiqarishga joriy etilishida hamda amaliyotda foydalanilishida bevosita ishtirok etgan boʻlishi;

fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarning ilmiy rahbari ekanligi yoki soʻnggi yillarda shu yoʻnalishdagi ilmiy loyihalarga rahbarlikni amalga oshirgan boʻlishi;

xalqaro ilmiy hamkorlikdagi xalqaro ilmiy loyihalarda ilmiy rahbar boʻlishi yoki ularning bajarilishida ishtirok etishi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ustavining 51-bandiga binoan Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni ilgari surish huquqi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolari (akademiklari)ga ularning ilmiy mutaxassisliklariga tegishli ixtisosliklar boʻyicha, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-texnik kengashlariga beriladi.

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni dastlabki saralash ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashlar yigʻilishlarida ochiq ovoz berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Vakolatga ega kvorum — tegishli kengash roʻyxatga kirgan a’zolari tarkibining majlisda ishtirok etayotgan kamida 75 foizi mavjud boʻlganda ovoz berishda ishtirok etgan ilmiy yoki ilmiy-texnik kengash a’zolari kamida uchdan ikki qismining ovozini toʻplagan talabgorlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar.

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar koʻrsatgan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari 2023 yil 17 noyabrga qadar Fanlar akademiyasiga nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyatini tavsiflovchi hujjatlarni roʻyxatga olish uchun taqdim etadilar.

Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlar koʻrsatish jarayonining xolisligi va taqdim etilayotgan hujjatlarning haqqoniyligi uchun shaxsan javobgardirlar.

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod koʻrsatish uchun taqdimnomaga quyidagilar (2 nusxada) ilova qilinadi:

ilmiy tashkilotning nomzodning tanlov talablari va mezonlariga javob berishi haqidagi asoslangan xulosasi, ochiq ovoz berish natijalari hamda tanlov mezonlarining qogʻoz va elektron shaklda toʻldirilgan va tasdiqlangan shakli nomzodning xalqaro reytingi Web of Science bazasiga kiritilgan (https://www.webofscience.com/wos/author/search) ma’lumoti asosida hisoblanadi (tanlov mezonlari shakli Fanlar akademiyasining veb-saytida (https://academy.uz) joylashtirilgan);

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning tarjimai holi;

xodimlarni hisobga olish boʻyicha surati yopishtirilgan shaxsiy varaqa hamda ma’lumotnoma-obyektivka;

ish joyidan tasdiqlangan mehnat daftarchasining nusxasi yoki Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodning kamida soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat;

fan doktori diplomi va professor attestati nusxalari;

ilmiy ishlar roʻyxati (konferensiya tezislari bu hisobga kirmaydi) va nolga teng boʻlmagan impakt-faktorli («Web of Science» xalqaro ma’lumotlar bazasiga muvofiq) xorijiy nashrlardagi maqolalarning nusxasi;

xorijiy patentlarning nusxalari (agar mavjud boʻlsa);

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan tayyorlangan fan nomzodlari va falsafa doktorlari roʻyxati (avtoreferatlarni ilova qilgan holda);

Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan tayyorlangan fan doktorlari roʻyxati (avtoreferatlarni ilova qilgan holda);

yuqorida keltirilgan talablarga muvofiq, Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzod tomonidan fanning muayyan sohasi rivojiga qoʻshilgan hissa, fanni shaxsiy ilmiy yutuqlar va xalqaro ahamiyatga molik natijalar bilan boyitilganligi, shuningdek, uning ilmiy-tashkiliy faoliyati haqidagi davlat va rus tillaridagi qisqacha ma’lumotnoma (koʻpi bilan 1 bet, satr balandligi 12 pt, Times New Roman shriftida);

pasport nusxasi va 4x6 sm oʻlchamdagi 8 ta fotosurat.

Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga (akademik) nomzodning har bir nusxa hujjatlari alohida jildga joylanadi. Jildning muqovasida nomzodning familiyasi va ismi-sharifi, fan sohasi boʻyicha ilmiy ixtisosligi hamda tavsiya etayotgan ilmiy tashkilot yoki oliy ta’lim muassasasining toʻliq nomi yoki akademikning ismi-sharifi va ixtisosligi koʻrsatiladi.

 

Nomzodlarning hujjatlari 2023 -yil 17 -noyabrga qadar (soat 11-00 dan 18-00 gacha) quyidagi manzilda qabul qilinadi:

100047, Toshkent shahri, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Y.Gʻulomov koʻchasi,70-uy:

Ijtimoiy-gumanitar fanlari yoʻnalishi boʻyicha, 1-qavat, 102-xona, tel. (+998 71) 233-76-07.

Kimyo-biologiya, tibbiyot va qishloq xoʻjaligi fanlari yoʻnalishi boʻyicha, 1-qavat, 105-xona, tel. (+998 71) 233-47-91.

Fizika-matematika va texnika fanlari yoʻnalishi boʻyicha, 1-qavat 108-xona, tel. (+998 71) 233-68-95.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralash mezonlari (Lotin)

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralash mezonlari (Kiril)