Fanlar akademiyasi prezidentiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Abdukarimov Abduvaxob Makambayevich Fanlar akademiyasi prezidentining moliyaviy va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-390-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Fanlar akademiyasining tegishli buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun: A. Abdukarimov 1985-yil 16-martda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 
2012-2025-yillarda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Fan va taʼlim rivojlantirish shoʻbasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. 
Shu kunga qadar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektori bo‘lib faoliyat yuritib kelayotgandi.