E'LON! Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar boʼyicha respublika kengashi hamda Oʼzbekiston Respublikasining Аdabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlari boʼyicha kengashidan

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar boʼyicha respublika kengashi hamda Oʼzbekiston Respublikasining Аdabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlari boʼyicha kengashining qarorlariga muvofiq 2021-yilda berilishi rejalashtirilgan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga tavsiyanomalarni taqdim etish muddati 2022-yilning 25-yanvariga qadar uzaytirildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga taqdim etiladigan ishlarga qoʼyiladigan talablar bilan tanishish va zarur boʼlgan hujjatlarni tayyorlash bilan bogʼliq masalalar boʼyicha quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:

(https://academy.uz/uz/adverts/fan-va-texnika-sohasida-davlat-mukofotiga-nomzodlarni-saralash-uchun-tanlov-boshlangani-elon-qilinmoqda)

 

Fan va texnika sohasida Davlat mukofoti boʼyicha:

100047, Toshkent shahri,

Yahyo Gʼulomov koʼchasi, 70-uy, 317-xona.

 Tel.: 71 – 233-59-46, 71 – 236-77-07.

 

Аdabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofoti boʼyicha:

100011, Toshkent shahri,

Аlisher Navoiy koʼchasi, 30-uy, 308-xona.

Tel.: 71 – 244-41-60, 71 - 244-41-62.

 

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Fan va texnologiyalar boʼyicha respublika kengashi hamda

Oʼzbekiston Respublikasining Аdabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi

davlat mukofotlari boʼyicha kengashi.