Diqqat, diqqat! Toshkent “SheSCIENCE 2025” olima ayollar forumiga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 27-noyabr kuni — Toshkentda ilk bor “SheSCIENCE 2025” — olima ayollarning xalqaro forumi oʼtkaziladi.
Markaziy Osiyoning besh davlati — Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjondan yetakchi olima ayollar bir joyda jamlanadi.
Forumning asosiy maqsadi ilm-fanni yanada yuksaltirish, innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish, va eng muhimi — ayollarning ilm-fandagi yetakchiligini qoʼllab-quvvatlashdan iborat! 

“SheSCIENCE 2025” — bu shunchaki forum emas, bu — kelajakka qo'yilgan qadam!
“SheSCIENCE 2025” — ilmda ayollar ovozi yangraydi!
27-noyabr kuni, Toshkentda koʼrishguncha!
Biz bilan birga boʼling va tarixiy voqeaga guvoh boʼling!