Temurshunos olimlar t.f.d. prof. Omonulla Bo'riyev va t.f.n., dots. Ozoda Rahmatullayeva muallifligida “BUYUK SARKARDALAR: AMIR TEMUR VA JALOLIDDIN MANGUBERDI” kitobi nashr etildi.
Ushbu kitobda buyuk sarkardalar jahon tarixida ulkan davlat barpo etgan Sohibqiron Amir Temur va Chingizxon boshchiligidagi mo'g'ullar lashkariga qarshi mardlarcha kurashib, jasorati bilan dong taratgan Jaloliddin Manguberdi haqidagi tarixiylik o'z davri birlamchi manbalari asosida yoritilib, kitobxonlar ommasiga taqdim etildi.
Kitob O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Toshkent amaliy fanlar universiteti hamkorligida nashrga tayyorlandi.