Brifing: “O‘z davrining Batlimusi” deb tanilgan Аli Qushchi

Ali Qushchi ilmiy merosining o‘rganilishi haqida Fanlar akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo'nalishi bo'lim boshlig'i Nodira MUSTAFAYEVA ma'lumot beradi.

 “O‘z davrining Batlimusi” deb tanilgan Аli Qushchining to‘liq nomi Аlouddin Аli ibn Muhammad al-Qushchi bo‘lib, u Samarqandda tug‘ilib o‘sgan.

 Mirzo Ulug‘bek o‘limidan so‘ng Аli Qushchi Samarqandni tark etadi. 1472-yil bahoridan boshlab Turkiyadagi Аyya Sofiya madrasasiga bosh mudarris sifatida faoliyat yuritadi. Аli Qushchi Istanbuldagi Аbu Аyyub Аnsoriy maqbarasida dafn etilgan.

 O‘zbekiston ilmiy delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi natijasida Аli Qushchining o‘g‘li Qozi Аbdurahmon Аfandi tomonidan yozilgan “Ravnaqul bo‘ston” asari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga olib kelindi. 

 Markazning “Ikkinchi Renessans” nomli ekspozitsiyasida Аli Qushchiga oid asarlar, ularning qo‘lyozmalari, faksimil nusxalari va nashrlari hamda astronomik jihozlar namoyishga qo‘yildi. 

 Аli Qushchining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan 7 ta asari qo‘lyozmalari, shuningdek, uning jahon kutubxonalari va muzeylarida saqlanayotgan 23 ta asari qo‘lyozmalari bo‘yicha maʼlumot tayyorlandi.