Bir kamar — bir yo‘l biologik paxta seleksiyasi sammiti forumi

Shu kunlarda Genomika va bioinformatika markazi diretori professor Zabardast Bo‘riyev, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozov va TDAU profesor o‘qtuvchilari boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Aksu shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi “Bir kamar — bir yo‘l biologik paxta seleksiyasi sammiti forumi” da ishtirok etmoqda.

 

Forum Xitoydagi paxta sanoati bilan bog‘liq yetakchi tashkilotlar — ilmiy-tadqiqot institutlari, urug‘chilik kompaniyalari va paxta tolasi bilan ishlovchi sanoat korxonalarini birlashtirgan Xitoy milliy biologik g‘o‘za navlari seleksiyasi va paxta sanoati innovatsion texnologiyalari alyansi tashabbusi bilan tashkil etilgan.