Al-Xorazmiy nomidagi III xalqaro matematika olimpiadasi yakunlandi

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning yetakchi mamlakatlaridan  Braziliya, AQSH, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Malayziya, Yaponiya, Vetnam, Rossiya, Serbiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston kabi davlatlardan, shuningdek, O‘zbekistonning turli oliy ta’lim muassasalaridan matematika sohasidagi iqtidorli talabalar qatnashdi.  
Olimpiada davomida ishtirokchilar murakkab va qiziqarli matematik masalalarni yechib, o‘z bilimlarini namoyish etdilar.  

Taqdirlash marosimida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov ham ishtirok etdi va ko’rsatilgan natijalar olimpiadada qatnashgan talabalar va ularning murabbiylari tomonidan qilingan katta mehnat ekanligini. olimpiadaning xalqaro miqyosdagi ahamiyati, yosh avlodni ilm-fanga jalb qilishdagi o‘rni juda muhimligini ta’kidladi.

 

Bunday musobaqalar mamlakatimiz  ilm-fan va ta’lim sohasida jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini mustahkamlashiga xizmat qilishu subhasiz.

Olimpiada g’oliblarini O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan qutlaymiz va ularga yangidan-yangi marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.