Аkademik Oʼtkir Rasulev vafot etdi

Oʼzbek ilm-fani ogʼir judolikka uchradi.

Fizikaviy elektronika sohasida jahonda tanilgan yirik olim, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Rasulev Oʼtkir Xasanovich 4 may kuni 82 yoshida vafot etdi.

Oʼtkir Xasanovichning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi chuqur hamdardlik izhor etadi.