O’zbek ilm-fani og’ir judolikka uchradi.
Taniqli matematik olim, O’zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Azimboy Sa’dullayevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Marhumning oila a'zolari va yaqinlariga O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan hamdardlik bildiramiz.