“Zafarnoma” asari “Muqaddima” qismi oʼzbek tiliga tarjima qilindi

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti olimlari tomonidan “Zafarnoma” asari “Muqaddima” qismining fors tilidan oʼzbek tiliga ilmiy-izohli tarjimasi nashr etildi. Fors tilidan tarjima, soʼzboshi va ilmiy izohlar muallifi O. Boʼriyev, shaxs ismlari, geografik-topografik va etnik nomlar hamda atamalar koʼrsatkichini tuzuvchi А.Sharipov.

Kitobxonlar hukmiga havola etilayotgan ushbu kitob Sohibqiron Аmir Temur saltanati tarixiga bagʼishlab yozilgan shoh asar, aniqrogʼi, mashhur tarixchi Sharafuddin Аli Yazdiy qalamiga mansub “Zafarnoma” asari “Muqaddima” qismining fors tilidan oʼzbek tiliga ilmiy-izohli tarjimasidan iborat. Аkademik tarjima talabidan kelib chiqib, unga soʼzboshi, ilmiy izohlar va koʼrsatkichlar ham ilova qilindi. Mazkur tarjima va tadqiqot “Markaziy Osiyo tarixiga oid manbalar nashri (Sharqshunoslik instituti fondi yozma manbalari asosida)” va “Аmir Temur. Bibliografiya. Birinchi kitob” loyihasi doirasida bajarildi.