“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda

Davlatimiz Rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish rejasi maʼlum qilindi. Shunga muvofiq 2-noyabrdan 10-dekabrgacha boʼlgan muddat daraxt ekish boʼyicha “dolzarb 40 kunlik” deb eʼlon qilindi.

  

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti xodimlari tomonidan ushbu loyiha doirasida Mirzo Ulugʼbek tumani Kichik halka yoʼlidan Parkent bozori koʼchasiga burilish yoʼlidagi 300 metr yoʼl boʼyiga 250 tup zarang daraxti koʼchatlari ekildi.