O‘zR FA O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi olimlari tomonidan “Yangi O‘zbekiston solnomasi” nashr etildi.
“Yil solnomasi” risolasini yaratish bugungi kunda O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, yoshlarda mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish zaruriyati bilan belgilanadi.
Shu nuqtai-nazardan yosh avlodda Yangi O‘zbekistonda olib borilayogan islohotlar haqidagi bilimlarini kengaytirish va rivojlantirish, keng jamoatchilik ommasi va ayniqsa, ta’lim oluvchi yoshlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy rivojlanish bosqichlari haqidagi qarashlarni shakllantirish, O‘zbekistonning eng yangi tarixidagi jarayonlarni umumjahon tarixiy jarayonlar kontekstidagi rivojini ko‘rsatish dolzarbdir.
Mazkur ilmiy-ommabop risolada O‘zbekistonning eng yangi tarixidan joy olgan, 2022-2024-yillarda ro‘y bergan muhim voqealar, mamlakatimiz milliy yuksalishi va taraqqiyoti uchun siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sohalarda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar qisqacha tarixiy tahlillar orqali bayon qilingan.
Ushbu kitob umumta’lim maktablari, Prezident maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari va o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga mo‘ljallangan. Shuningdek, risola materiallaridan O‘zbekistonning eng yangi tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin.