Yana bir oʼzbek olimining ishlanmasiga Rossiya patenti olindi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari ishtirokida ishlab chiqilgan “Tugʼma immunitet faolligini aniqlash usuli”ga Rossiya Federatsiyasi patenti olindi. 
Ixtiro tibbiyot sohasiga, xususan, tugʼma immunitet faolligini aniqlash usullariga taaluqli boʼlib, virus kasalliklari va xavfli oʼsimtalarni davolash usullarini tanlash va ularning samaradorligini baholashda qoʼllanilishi mumkin. 
Taklif etilgan tugʼma immunitet faolligini aniqlash usulini qoʼllashdagi olinadigan texnikaviy natija usulning qulayligi, koʼp vaqt talab qilmasligi va uni joriy etish jarayoning arzonligi hamda qoʼyilgan masalaning hal etilishida imkoniyatlarning kengayishi bilan tavsiflanadi.