Toshkentda Osiyo seysmologik komissiyasining (ASC) 16-Bosh Assambleyasi davom etmoqda

Poytaxtimizda seysmologiya sohasidagi eng yirik xalqaro ilmiy tadbirlardan biri — ASC 16-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Assambleya dasturi:
• 300 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar
• 22 ta tematik ilmiy sessiyalar

 Asosiy yo‘nalishlar:
— seysmik xavf va riskni baholash
— muhandislik seysmologiyasi va infratuzilma barqarorligi
— geodinamika va tektonika
— seysmologiyada mashinaviy o‘qitish va katta ma’lumotlar
— zilzilalarni erta ogohlantirish tizimlari
— seysmik monitoring va prognozlash

 Bugun, parallel ilmiy sessiyalar hamda poster taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbir xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy tadqiqotlar almashinuvi va mintaqaviy seysmik xavfsizlikni oshirishga xizmat qilmoqda.