Taniqli geolog olim, akademik Habib Аbdullaevning 110 yilligi nishonlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi tomonidan akademik Habib Аbdullayev tavalludining 110 yillik yubileyiga bagʼishlangan “Oʼzbekiston ilmiy salohiyati yuksalishiga salmoqli hissa qoʼshgan inson!” mavzusidagi sayyor ilmiy-amaliy seminar oʼtkazildi.

  

 

Unda FА Navoiy boʼlimi rahbariyati, yetuk olimlari va yosh ilmiy xodimlari, mehnat faxriylari hamda Yosh olimlar kengashi aʼzolari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda H.Аbdullayevning nevarasi, “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi bosh direktori H.Аbdullayev, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat geologiyasi va mineral resurslar qoʼmitasi huzuridagi H.M.Аbdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti yetakchi ilmiy xodimi X.D.Ishbayev va yosh olimlari, “Navoiyuran” DK bosh geologi oʼrinbosari B.I.Mirxodjayev hamda mahalliy aholi vakillari qatnashdilar.

Ilmiy-amaliy seminar jarayonida ishtirokchilar geologiya fanining milliy va xalqaro miqyosdagi taniqli vakillarini H.M.Аbdullayev nomidagi akademik medallar bilan taqdirlashni qayta yoʼlga qoʼyish, uning nomidagi jamgʼarma faoliyatini tiklash va oliy oʼquv yurtlarida iqtidorli yosh geologlarga maxsus stipendiya taʼsis etish zarurligini taʼkidladilar.

Bundan tashqari, tadbirda ishtirok etgan olimlar, mahalla oqsoqollari va Langar MFY maʼmuriyati mahalla binosida bir xona ajratib, H.M.Аbdullayev hayoti va ilmiy faoliyatini yoshlarga targʼib qilish maqsadida muzey tashkil etish hamda Langar qoʼrgʼoni hududida geolog-qidiruv ishlarini oʼtkazib, mahalliy aholini ish bilan taʼminlash imkonini beradigan yangi konlar ochish kabi takliflarni muhokama qilib, ularni hayotga tatbiq etish uchun rejalar tuzib oldilar.