Paxta terish mashinasida paxtani tashish uchun markazdan qochma ventilyator

“Paxta terish mashinasida paxtani tashish uchun markazdan qochma ventilyator” uchun patent olindi.

Tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining “ Mashinalar dinamikasi va texnologik jarayonlar muammolari” laboratoriyasi ilmiy xodimlari va mutaxassislari tomonidan bajarilgan. 

Olingan asosiy natijalar universal markazdan qochma ventilyatorni paxta terish mashinasiga o‘rnatilib “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” da dala sinovlaridan o‘tkazilib, yangi texnik yechimlarga ega bo‘lgan bunday paxta terish mashinalarini seriyada ishlab chiqarishga tavsiyalari olingan.  
Foydalanish sohasi: ishlab chiqilgan paxta terish mashinasida paxtani tashish uchun markazdan qochma ventilyator, Toshkent traktor zavodi, “BMKB-Agromash” hamda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashga iqtisoslashtirilgan barcha korxonalarda qo‘llaniladi.

Vazifasi: Yangi universal markazdan qochma ventilyator – MX-2.4 mashinasi misolida universal pnevmotransport tizimga ega yarim osma mashina konstruksiyasi yaratildi va boshlang‘ich texnik ekspertizalardan o‘tkazildi. Natijada mashinada terilgan paxtani tabiiy sifatini saqlashda chigitni mexanik shikastlanish darajasi 1% dan kam bo‘lishiga erishilgan. Universal pnevmotransport tizimi bilan jihozlangan yarim osma konstruksiyasidagi paxta terish mashinasi ishlab chiqarishdagi mashinaga nisbatan yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, uni raqobatbardoshligini ta'minlash bilan birga qishloq xo‘jaligida foydalanish va chet el davlatlariga eksport qilish imkoniyatini kengaytiradi. Chet el korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan paxta terish mashinalariga nisbatan 2,5-3 barobarga arzon bo‘lishini ta’minlaydi.