“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti kubogi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari (erkaklar) o‘rtasida voleybol bo‘yicha an’anaviy “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
 Mazkur sport tadbiri ilmiy jamoalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida jamoaviylik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, sport orqali faol dam olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Musobaqada Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy muassasalardan 12 ta  jamoa ishtirok etib, o‘zaro murosasiz va yuqori saviyadagi bellashuvlarni namoyish etdi. 

 

 

Qizg‘in bahslar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin — Fizika-texnika instituti jamoasi

2-o‘rin — Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti

3-o‘rin — Seysmologiya instituti

Musobaqada faol ishtirok etgan va yuqori sport mahoratini namoyish qilgan Yadro fizikasi instituti jamoasi 4-o‘rinni egalladi. Jamoaga “Faol qatnashgani uchun” diplomi topshirildi. Shuningdek, jamoaning alohida ajralib turgan ikki nafar o‘yinchisiga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar berildi.
Musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan barcha ishtirokchi jamoalarga va murabbiylarga minnatdorlik bildirildi. Tadbir do‘stona muhitda o‘tib, ilmiy xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, sport ruhiyati va jamoaviylik yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi.