OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI FАNLАR АKАDEMIYaSI ilmiy-tadqiqot muassasalari tasarrufidagi tayanch doktorantura va doktoranturaga 2026-yil uchun quyidagi ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha QАBUL E'LON QILINАDI:

OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI FАNLАR АKАDEMIYaSI ilmiy-tadqiqot muassasalari tasarrufidagi tayanch doktorantura va doktoranturaga 2026 yil uchun quyidagi ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha

QАBUL E'LON QILINАDI:

• fizika-matematika va texnika;
• tabiiy fanlar;
• ijtimoiy-gumanitar fanlar.

Qabulga tegishli barcha zarur maʼlumotlar va talablar bilan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va markazlari hamda mintaqaviy boʼlimlarida tanishish mumkin.

Hujjatlar 2025-yilning 5-noyabrigacha qabul qilinadi.
Tayanch doktorantura kirish imtihonlari va doktorantura uchun suhbat 2025 yilning 5-25-noyabr davrida boʼlib oʼtadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar mutaxassislik fanidan imtihon topshiradilar.

Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi diplomga ega boʼlish;
- muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferentsiyalarda tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlariga kiritilgan ikkita maʼruza-tezisga ega boʼlish;
- xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʼlish;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish. 

Doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olingandan soʼng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʼlish;
- xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʼlish.

  

 

Boshqa shaharlardan kelgan mutaxassislar yotoqxona bilan taʼminlanadilar.
Qoʼshimcha maʼlumot va qabul kvotalarini www.academy.uz saytidan olish mumkin.
Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 233-59-46, 236-77-07.