O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ne’matilla Ibrohimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi

Fanlar akademiyasida taniqli sharqshunos, arabshunos olim, akademik Ne’matilla Ibrohimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Adminstratsiya va Hukumatning mas'ul xodimlari ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda akademiklar, taniqli davlat va jamoat arboblari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari va olimning shogirdlari ishtirok etdi. Tadbirni FA prezidenti, akademik Shavkat Ayupov ochib berdi. 

Shundan so‘ng O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov Davlatimiz Rahbarining tabrigini hamda akademikni sharqshunoslik va manbashunoslik yoʻnalishidagi fundamental tadqiqotlari bilan muhim ishlanma va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirganligi hamda akademik tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan mukofotlanlash to‘g‘risidagi Farmonini o‘qib eshittirdi.

  

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar olimning ilmiy ishlari, o‘zbek ilm-faniga, sharqshunoslik sohasiga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etishdi. Olimni qutlug‘ 80 yoshi hamda Davlatimiz Rahbarining yuksak mukofoti bilan qutladilar. Akademik N.Ibrohimovga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, ilmiy faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tiladilar.