O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 82 yoshda!

1943-yil 4-noyabr kuni mamlakatimiz ilm-fani tarixida muhim sana sifatida qayd etilgan. Aynan shu kunda O‘zbekiston Respublikasining eng yirik va nufuzli ilmiy tashkiloti — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilgan. Bu voqea respublikamiz ilm-fanining mustaqil taraqqiy etishida, milliy kadrlar maktabini shakllantirishda yangi bosqichni boshlab bergan.

O‘sha davrda akademiya tuzilishi va faoliyatiga asos solishda taniqli olim, matematik va pedagog Qori Niyoziy katta xizmat qilgan. U tashkilotning birinchi prezidenti etib saylangan. Qori Niyoziy rahbarligida akademiya qisqa vaqt ichida turli ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat yurita boshladi — tabiiy fanlar, texnika, qishloq xo‘jaligi, tarix, filologiya, san’atshunoslik kabi sohalarda tadqiqot institutlari ochildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi — yirik ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar va ilmiy maktablarni birlashtiruvchi tizimdir. Akademiya olimlari fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini amaliyotga joriy etish, yosh olimlarni tayyorlash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishda faol ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 82 yillik yubileyi bilan barcha olimlarimizni va ilm-fan fidoyilarini muborakbod etamiz!