Matematik olim bilan uchrashuv

Oʼzbekiston qahramoni, Oliy Majlis Senati aʼzosi, Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori Shavkat Аyupov Buxoro viloyati Qorakoʼl tumanidagi Xalqaro matematika maktabiga va Buxoro davlat universiteti huzuridagi Qorakoʼl akademik litseyiga tashrif buyurdi.

Sh.Аyupov uchrashuv davomida Oʼzbekiston matematikasining oʼtmishi, bugungi kundagi holati va istiqboli haqida fikrlar bildirdi.