O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro hamkorlar bilan birgalikda infeksiyalangan yaralarni davolashga qaratilgan yangi avlod koʻp funksiyali gidrogel yara bogʻlamasini ishlab chiqdilar.
.jpg)
Ushbu ilmiy ish natijalari "Chemical Engineering Journal" nufuzli jurnalida chop etildi (https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S1385894725106189?via%3Dihub).
Ishlab chiqilgan gidrogel yuqori yopishuvchan, choʻziluvchan, antioksidant va antibakterial xususiyatlarga ega boʻlib, infeksiyalangan yaralarni samarali yopish va tez bitishini taʼminlaydi. Gidrogel polivinil spirt, midiya musini, temir ionlari va artemizinin asosida olingan boʻlib, ikki tarmoqli (double-network) tuzilishi tufayli yuqori mexanik barqarorlik va toʻqimalarga kuchli yopishish qobiliyatini namoyon etgan.
Eksperimental natijalarga koʻra, mazkur gidrogel:
Natijada infeksiyalangan yaralarda teri toʻqimalarining tiklanishi sezilarli darajada tezlashgan.
Ushbu tadqiqot infeksiyalangan yaralarni davolashda anʼanaviy bogʻlamalarga nisbatan samarali va istiqbolli yechim sifatida baholanmoqda.