Ilmiy izlanishlar yo’lida yana bir samarali hamkorlik bitimi imzolandi

    O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo`yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi va ANT Kommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy ilmiy-tadqiqot instituti (Moskva)o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

  

Ushbu bitimning maqsadi tomonlarning xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot  muassasalari va xalqaro ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish doirasida o‘zaro manfaatli hamkorligi hisoblanadi, xususan:

•xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish, birgalikda ilmiy tadbirlar (konferensiyalar, akademik seminarlar, davra suhbatlari, munozaralar va boshqalar) o‘tkazish;

• qo‘shma fundamental va amaliy tadqiqotlar, ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

• to‘plangan ilmiy axborot, ilmiy va tahliliy materiallar bilan tajriba almashish;

• qo‘shma nashriyot loyihalarini amalga oshirish;

• akademik mobillik dasturlarini ishlab chiqishga ko'maklashish;

• qo'shma dasturlarni amalga oshirish;

• ilmiy loyihalari xalqaro tanlovlarida turli mamlakatlar vakillarining, jumladan, yosh olimlarning ishtirok etishiga ko‘maklashish.