Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80 yilligi Faxriy medali bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80 yilligi Faxriy medali bilan taqdirlandi.
 Esdalik nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur eʼtirof ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik yanada mustahkamlanayotganining yaqqol ifodasidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimovni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyatlar hamda yangi zafarlar tilaymiz!