Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay va Pekin shaharlarida Sino-Rossiya matematika markazi tomonidan 23-Xalqaro Iqtidorli kadrlar almashinuvi konferensiyasi (CIEP) o‘tkazilmoqda. Konferensiya doirasida “Xalqaro hamkorlik va matematik kadrlar almashinuvi” mavzusida tashkil etildi.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov ishtirok etmoqda. Bu ishtirok mamlakatimiz ilm-fanining xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: Xitoy xalqaro iqtidorli kadrlar almashinuvi konferensiyasi (CIEP) – har yili o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro anjuman bo‘lib, uning asosiy maqsadi turli davlatlardan ilm-fan va innovatsiya sohasidagi iqtidorli mutaxassislarni bir maydonga jamlash, ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yuqori texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashishdan iborat. Konferensiya doirasida akademik ma’ruzalar, hamkorlik shartnomalarini imzolash, kadrlar tayyorlash va qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.