Fanlar akademiyasi olimlaridan navbatdagi kashfiyot: Surxondaryodan topilgan yangi loladosh o‘simlik turi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari tomonidan Liliaceae (Loladoshlar) oilasiga mansub Fritillaria yakutiae ilm-fanga yangi bo‘lgan o‘simlik turi aniqlandi.

 

Yangi turi Fritillaria yakutiae Turginov et Tojibaev morfologik jihatdan Fritillaria bucharica va Fritillaria baisunensis turlariga o‘xshash bo‘lsada, bir qancha muhim morfologik belgilari:

 

Tadqiqot natijasi nufuzli xalqaro Nordic Journal of Botany jurnalida e’lon qilindi. https://nsojournals.onlinelibrary.wiley.com/doi/abs/10.1002/njb.04813

 

Fritillaria yakutiae hozircha faqat Surxondaryo viloyatining Bobotog‘ tizmasida, Chagam qishlog‘i yaqinida (700–1100 m balandlikda) tarqalgan. U qizil gil tuproqlarda o‘sadi. Mart–aprel oylarida gullaydi, ko‘p yillik geofit hisoblanadi. 2020-yilda ushbu turning atigi 300 ta yetilgan namunasi qayd etilgan.

 

Yangi tur molekulyar metodlarni qo‘llash orqali butun xloroplast genomi tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra:

 

Mazkur turning aniqlanishi nafaqat O‘zbekiston florasining boyligini yana bir bor tasdiqlaydi, balki uni muhofaza qilish zarurligini ham ko‘rsatadi.

 

Olimlarimizni yana bir ilmiy yutuq bilan tabriklaymiz!