Ekto-endo parazitlari va ular orqali tarqaluvchi yuqumli kasalliklar o‘rganilmoqda

O‘zR FA Zoologiya instituti va Virusologiya ilmiy tekshirish instituti olimlari hamkorlikda Buxoro viloyati hududidagi yovvoyi va qishloq xo‘jaligi hayvonlarining ekto-endo parazitlari va ular orqali tarqaluvchi yuqumli kasalliklarni o‘rganish maqsadida ilmiy safarda tadqiqotlar olib borishmoqda.

 

Institut xodimlari Buxoro jayron pitomnigidagi hayvonlarning turli xil parazitologik kasalliklar bilan zararlanishini oldini olish choralari borasida davlat dasturi doirasida tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. 

Shu bilan bir qatorda Buxoro viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi va yovvoyi umurtqali hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi ektoparazitlar faunasi, mofologiyasi va ulardagi infeksiyalar PZR va IFT diagnostika orqali aniqlanmoqda. 

Safar davomida Buxoro davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasi o’qituvchilari va Zoologiya instituti olimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda kadrlar tayyorlashda hamkorlik masalalari muhokama qilinib, doimiy ravishda birgalikda tadqiqot ishlarini almashinish borasida fikr mulohaza qilindi.