Dunyoning eng salohiyatli top 2% olimlari roʼyxati eʼlon qilindi

Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktor oʼrinbosari, professor Oʼtkir Roziqov ELSEVIER nashriyoti va STENDFORD universiteti tomonidan (https://elsevier.digitalcommonsdata.com/datasets/btchxktzyw/3) dunyoning TOP 2% olimlari roʼyxatidan joy oldi. Ushbu roʼyxatda Oʼ.Roziqov Matematika-statistika sohasi boʼyicha 2340-oʼrinda qayd etilgan.

Chop etilgan maʼlumotlar bazasida iqtiboslar soni, maqolalarga havolalar, h-index boʼyicha standartlashtirilgan maʼlumotlar taqdim etilgan boʼlib, unda dunyoning TOP 2 % olimlari roʼyxati keltirilgan.

Oʼtkir Roziqov — matematik analiz, algebra va ehtimollar nazariyasining zamonaviy usullarini rivojlantirishda yuksak natijalarga erishgan matematik-olim.