Dorivor o‘simliklar nafaqat o‘zlarining shifobaxsh moddalarini, balki o‘simlik ichida yashovchi va yashirin laboratoriya vazifasini bajaradigan ko‘rinmas foydali bakteriyalar - endofitlarni ham o‘z ichiga oladi.
Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari Vernonia anthelmintica gullarini o‘rganishdi va quyidagilarni aniqladilar (https://doi.org/10.1007/s12223-026-01421-5):
Eng faol madaniyat Priestia megaterium XJB-41 hisoblanadi.

U ko‘p maqsadli faollikka ega bioaktiv birikmalarni sintez qiladi:
Maxsus ozuqaviy muhitda bakteriyalar tez o‘sadi va ko‘plab bioaktiv moddalarni ishlab chiqaradi. Ayniqsa, undan patogenlar va saratonga qarshi faol bo‘lgan ikkita yangi birikma ajratib olinganligi juda muhim. Bu birikmalarni kelajakda tibbiy kimyo va farmakologiyada yangi dori vositalari yaratishda nomzod birikma sifatida tafsiya etish mumkin.
Dorivor o‘simliklardan olingan endofit mikroorganizmlardan foydalanish, ayniqsa o‘simliklar kam uchraydigan, sekin o‘sadigan yoki sintez qilish qiyin bo‘lgan hollarda, bioaktiv birikmalarni olishning ekologik toza va tejamkor usuli hisoblanadi.