Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, atoqli olim, davlat va jamoat arbobi Poʻlat Qirgʻizbayevich Habibullayevning 90 yillik yubileyi mamlakatimizda keng nishonlanadi.

Dasturga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida akademik Poʻlat Habibullayev xotirasiga bagʻishlangan tantanali kecha tashkil etiladi. Olimning hayoti va ilmiy faoliyatiga bagʻishlangan materiallar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritiladi.
Akademik Poʻlat Habibullayevning hayoti — milliy ilm-fanni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida haqiqiy ibrat maktabidir.
Maʼlumot uchun: Poʻlat Habibullayev 1936-yil 14-oktyabrda Andijon viloyatida tavallud topgan. U nafaqat fizika sohasida, balki xalqaro diplomatiya va davlat boshqaruvida ham ulkan iz qoldirgan.