Akademik Behzod Yuldashev xotirasiga yodgorlik lavhasi va byust ochildi

Bugun, 14-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida akademik Behzod Yuldashev xotirasiga bag‘ishlangan memorial lavha hamda byust (haykal byust) ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Fanlar akademiyasi rahbariyati, institut olimlari, Behzod Yo‘ldoshevning yaqinlari, shogirdlari, hamkasblari va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

 

Akademik Behzod Yuldashev xotirasiga bag‘ishlab Yadro fizikasi institutida memorial lavha va haykal byustining ochilishi — bu nafaqat ulug‘ olimga hurmat-ehtirom ifodasi, balki yurtimiz ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shilgan bebaho hissani e’tirof etishdir. Akademik Behzod Yuldashevning nomi va merosi kelajakda ham O‘zbekiston ilm-fani taraqqiyotining ilhomlantiruvchi ramzlaridan biri bo‘lib qoladi.