11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida jami ilmiy xodimlar soni 2929 nafar, shundan 935 nafari ayollar, jami fan doktorlari 506 nafar, shundan 112 nafari ayollar, fan nomzodlari va PhD 868 nafar, shundan 279 nafari ayollar, FA akademik ayollari 5 nafarni tashkil etadi.
Doktoranturada tahsil olayotganlarning umumiy soni 551 nafar – shundan 118 nafari ayollar, DSc 59 nafar – shundan 11 nafarini ayollar hisoblanadi.

Bugungi “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan ilm-fan sohasidagi barcha xotin-qizlarni tabriklaymiz. Ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat, kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tilaymiz!