Yangi mobil ilova yaratildi

Xorazm Ma’mun akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi kichik ilmiy xodimi Rajapov Mardonbek tomonidan Tarix fanidan amaldagi maktab darsliklari asosida o‘quvchilarning bilimini aniqlash, bilimlarni tizimlashtirish va oshirishga qaratilgan yangi mobil ilova yaratildi.

Ilova nomi: TestPRO-Salom Mukammalik deb nomlanadi. https://play.google.com/store/apps/details?id=com.history.tarixsuperqollanmalar

TestPRO-Salom Mukammallik!!! Mobil ilovasi orqali Tarix fanini zamonaviy va mutlaqo yangicha formatda o‘rganishni boshlang.

    

Ilovaning eng muhim jihatlari:

-Tarix fanidan barcha sinflar yagona ilovaga jamlangan.

-Har bir sinf 4 ta bosiqchdan iborat:

-Qo‘llanma;

-Offlayn test;

-Yopiq Test;

-Onlayn test.

Bundan tashqari har bir mavzu bo‘yicha 90 % lik natijaga erisha olmasangiz keyingi mavzular ochilmaydi.

Shuningdek, testlar Davlat test markazi andozasi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, unda rasmli, kartali va turli xil diagrammalar orqali tuzilgan maxsus testlar joy olgan.