Tabiat muhofazasi va monitoringida yangi tizim

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida yirtqich qushlarni muhofaza qilish va ilmiy monitoringni kuchaytirish maqsadida elektron chip oʻrnatish ishlari amalga oshirildi.

  

 

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Toshkent hayvonot bogʻi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir jarayonida itolgʻi, lochin va mallabosh lochinga maxsus elektron identifikatsiya chiplari oʻrnatilib, har bir qushga biriktirilgan raqamlar skaner orqali tekshirildi va roʻyxatga olindi.

 

Ushbu ishlar yirtqich qushlarni hisobga olish, ularning harakatini monitoring qilish, noqonuniy aylanmani oldini olish hamda muhofaza choralarini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

 

Elektron chiplash tizimi orqali qushlar holatini uzluksiz kuzatish, ularni muhofaza qilish boʻyicha ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.