Rossiya Fanlar akademiyasi Ural bo‘limi delegatsiyasi institutga tashrif buyurdi

 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi institutiga Rossiya Fanlar akademiyasi Ural bo‘limi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

 

Tashrif doirasida mehmonlar institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hamda mavjud laboratoriya bazasi bilan tanishtirildi. Xususan, immunologiya, tibbiy genetika, molekulyar biologiya va hujayra texnologiyalari yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari institut laboratoriyalarida bo‘lib, ilmiy xodimlar bilan uchrashdilar, tadqiqot jarayonlari va mavjud ilmiy salohiyat bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvlar davomida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va istiqboldagi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.