Pashshat yodgorligi

O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi ilmiy xodimlari hamda Angliyaning Kembrij universitetining King’s Kolleji olimlari hamkorlikda Qizilqum cho‘lida dala qidiruv ishlarini olib borildi.

Pashshat yodgorligidagi tadqiqotlarda bir necha dona paleolit davri tosh qurollari va oʻrta asrlarga oid sopol parchalari aniqlandi. 
Shuningdek, yodgorlik atrofida yer qatlamlari stratigrafiyasi o‘rganildi. Ulus qishlogʻi yaqinidagi Kattaachchiq koʻl atrofida dala qidiruv ishlari olib borildi.

 

 

Uchtut paleolit davri ustaxonasi qiyosiy tahlil uchun ko’zdan kechirildi. Zarafshondan 130 km shimoliy gʻarbidagi Suketi (suv ketti) koʻl atrofi tadqiq qilish natijasida paleolit va neolit davri tosh qurollari aniqlandi. Natijada, Qizilqum cho‘li qadimdan odam izlari boʻlganligidan dalolat beruvchi ashyolar qoʻlga kiritildi. Kelajakda King’s Kolleji olimlari bilan hamkorlikda ishlash uchun dastlabki qadamlar qo’yildi.