Parkinson kasalligini davolashda yangi vosita – tabiiy asosda yaratilgan innovatsion ixtiro

O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan Parkinson kasalligini davolashda yangi vosita yaratildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu vosita tarkibida tikanakli kavar (Capparis spinosa L.) yoki mahalliy nomi kovul kurtaklari va pishmagan mevalaridan olingan ekstrakt mavjud bo‘lib, uning asosiy komponentlari:

Vosita Parkinson kasalligini oldini olish va davolashda qo‘llaniladi hamda kam nojo‘ya ta’sirga ega.

Parkinson kasalligiga qarshi ishlab chiqilgan ushbu preparat o‘zining tabiiy tarkibi va yuqori biologik faolligi bilan ajralib turadi. Tikanakli kavardan olingan ekstrakt asosida yaratilgan vosita zamonaviy tibbiyotda samarali va xavfsiz dori sifatida qo‘llanish imkoniyatiga ega.